• (GMT+5)     19.12.2017    

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-dekabrdagi PQ-2444-sonli “Zamonaviy to'qimachilik jixozlarini ishlab chiqarishni kengaytirish to`g`risidagi” qaroriga muvofiq Shveysariyaning “Rieter AG” kompaniyasi tomonidan asosiy to`qimachilik uskunalarini (taroqli, lentali, va xalqasimon) ishlab chiqarish tashkil etilgan. Shuningdek, to’qmachilik korxonalaridagi texnik muhandislar va mahsus ixtisoslashgan oliy ta`lim muassasalari talabalari uchun tayyorlov markazi tashkil qilingan.

Joriy yilning 22-noyabr kuni “O`zbekyengilsanoat” AJ va "Rieter Uzbekistan" MCHJ xorijiy korxonasi hamkorlikda “Rieter Uzbekistan MCHJ xorijiy korxonasida ishlab chiqarishini mahalliylashtirish” mavzusida seminar o`tkazildi.

Seminar doirasida “O`zbekyengilsanoat” AJ, Moliya, Iqtisodiyot , Adliya vazirligi, Soliq, Bojxona qo`mitalari va O`zbekiston Respublikasi davlat investitsiya qo`mitasi mutaxassislari ishtirok etdilar.

Shuningdek, "Rieter Uzbekistan" MCHJ xorijy korxonasi faoliyati to`g`risida taqdimot o`tkazdi va ishlab chiqarish zavod bo`ylab ekskursiya o`tkazildi.

Xulosa qilib aytganda, tadbirning asosiy maqsadi hisoblangan korxonaning mahalliylashtirish strategiyasi va rejalari bilan tanishtirish, ichki bozor ishlab chiqaruvchilarini tahlil qilish ishlarini namunali tarzda amalga oshirish maqsadiga erishildi.