• (GMT+5)     21.01.2018    

2018 yil 22-24 yanvar kunlari, Nyu-Yorkdagi (AQSh) "TEX WORLD USA-2018" xalqaro to'qimachilik ko'rgazmasi va "To'qimachilik gazlamalari" ko'rgazmalari o'tkazilmoqda.

AQSH bozorning ehtiyojlarini o'rganish, ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish, potentsial hamkorlarni topish va AQSh bozoriga to'qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish shartlarini muhokama qilish maqsadida Agentlik yuqorida ko'rsatib o'tilgan tadbirlarda ishtirok etish uchun ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillarini yuborish masalasini ko'rib chiqmoqda.

Tadbirning maqsadi to'qimachilik sanoati ishlab chiqaruvchilari va xaridorlari o'rtasida biznes aloqalarni o'rnatishdir.

Ishtirok etish shartlari haqida batafsil ma'lumot olish uchun, To'qimachilik mahsulotlarini reklama va marketing agentligiga murojaat qiling.

Тел: 253-28-33, 202-22-44 (251).