• (GMT+5)     24.02.2018    

2018-yil 28-29-yanvar kunlari Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida “LT Textile International” xorijiy korxonasida “Jingsheng group” kompaniyasining raisi Pan Sueping bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Ushbu uchrashuv “Jingsheng group” kompaniyasi raisining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog’ida bo’lib o’tgan “LT Textile International” xorijiy korxonasining keyingi bosqichiga tamal toshini qo’yish marosimida tashkillashtirildi. Shuningdek, ushbu tadbirda Qashqadaryo viloyati xokimiyati, “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi hamda bir qator tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida Pan Sueping Qashqadaryo viloyatida joylashgan ushbu korxonani rivojlantirish uchun aniq takliflarni taqdim etdi. Unga ko’ra, loyihaning keyingi bosqichlarini amalga oshirishda umumiy hisobda yana 100 mln. dollar to’g’ridan to’g’ri Xitoy investitsiyasi jalb etiladi va yigiruv fabrikasi kengaytirilib, Belgiyaning “Pikanol” kompaniyasining zamonaviy to’quvchilik mashinalarini o’rnatgan holda to’quvchilik ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, Xitoy kompaniyasi raisi Toshkent viloyati hududida yuqori texnologiyaga ega to’qimachilik va industrial parkini tashkil etish bo’yicha o’z fikrlarini bildirdi. Bunda paxtani qayta ishlashning  to’liq tsiklini o’z ichiga olgan  to’qimachilik korxonasi, mashinasozlik, mehmonxona komplekslari, o’quv va biznes markazlari loyihalari 5 yil davomida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.