• (GMT+5)     21.01.2018    

“O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi mamlakatimiz eksport salohiyatini yanada yuksaltirish, mahalliy korxonalarda  ishlab chiqarilayotgan yuqori qo’shilgan qiymatli mahsulotlar bilan yangi bozorlarga yo’l ochish bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, Rossiya Fеdеratsiyasining Novosibirsk shahrida joylashgan “Nord Moll” ulgurji va chakana savdo markazi rahbariyati bilan muzokarlar olib borildi. Natijada, ushbu savdo Markazida O’zbеkistonda ishlab chiqarilayogan mahsulotlar savdosi uchun  keng sharoitlar yaratish bo’yicha kelishvga erishildi.

Sibirda eng yirik savdo majmuasi bo’lgan “Nord Moll” savdo Markazi binosi zamonaviy rusumda qurilgan bo’lib, sotuvchilar va xaridorlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Mahalliy aholida O’zbеkistonda ishlab chiqarilgan tikuv trikotaj sanoat mahsulotlariga talab kattaligi xam aniqlandi.

 “Nord Moll” va boshqa rossiyadagi savdo markazlarida korxonangizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar savdosini tashkil etmoqchi bo’lsangiz, murojaat uchun tеlеfonlar: (371) 202-22-44 (ichki 139-140).

 

Tijorat taklifi.PDF (0.4 mb.)