• (GMT+5)     19.12.2017    

2017-yil 19 oktyabr kuni, "O'zbekengilsanoat" AJ binosida "Sojitz" (Yaponiya) kompaniyasining Tokio filiali rahbari  Kono Tatsuya boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida to'qimachilik sanoati sohasida hamkorlik masalalari va yaponiya kompaniyasining O`zbekistondagi to'qimachilik sanoati sohasida amalga oshirilayotgan loyihalardagi ishtiroki yuzasidan muzokaralar o`tkazildi.

Ma'lumot uchun: «Sojitz korporatsiyasi» - neft va gaz sanoatida, kimyo sanoati, mineral resurslari, muhandislik, aviatsiya, telekommunikatsiyalar, to'qimachilik sanoati, iste'mol va boshqa tovarlarni ishlab chiqarish qazib olish va qayta ishlash, moliyalashtirishga texnik ixtisoslashgan savdo kompaniyasidir. Butun dunyo bo'ylab 80 dan ortiq vakolatxonalari mavjud. Kompaniyaning tovar aylanmasi qariyb $ 35 milliard, aktivlari esa $ 18 milliard ni tashkil etadi. Hozirgi kunda kompaniya 14 500 kishini ish bilan ta`minlamoqda.

Uchrashuvda Yaponiya tomoni O`zbekiston Respublikasi to'qimachilik sanoatini ahvoli va rivojlanish istiqbollari, hamda xorijiy investorlar ishtirokida amalga oshirilayotgan muvaffaqiyatli loyihalar, shu jumladan, “Indorama”, "Daewoo", "Rieter" va boshqalar bilan yaqindan tanishtirildi.

Shu bilan birga O'zbekiston to'qimachilik sanoatida innovatsion tadqiqot va rivojlantirish markazlari yaratish va qo`shma korxonalr tashkil etish yuzasidan fikrlar almashildi.