• (GMT+5)     19.12.2017    

Yengilsanoat mahsulotlari ishlab chiqaradigan «O’zbekyengilsanoat» akciyadorlik jamiyatning asosiy vazifalari va faoliyatining yo’nalishlari quyidagilar:

  • tashqi va ichki bozorlarda marketing tarqiqotlari o’tkazish, to’qimachilik, trikotaj, tikuvchilik va chinnisozlik sanoati mahsulotlariga bo’lgan talab dinamikasini o’rganish va istiqbollarini aniqlash;
  • respublika iste’mol bozorlarini yurtimizda ishlab chiqariladigan yuqori sifatli, aholi ehtiyojiga mos keladigan yengil sanoat mahsulotlari bilan to’ldirishni ta’minlash;
  • tarmoqning eksport salohiyatini mustahkamlash, kompaniya tarkibidagi korxonalar tomonidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish va ularni tashqi bozorlarga olib chiqishni tashkil etish;
  • paxta tolasidan, boshqa turdagi xom ashyo va materiallar manbaidan kompleks foydalanish va uni mukammal qayta ishlash, hozirda import orqali olib kelinayotgan butlovchi buyumlar va furnituralarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish;
  • tarmoqda yagona texnik va investitsion siyosatni olib borish, to’qimachilik, trikotaj va tikuvchilik sanoati korxonalari o’rtasida o’zaro munosabatlarni rivojlantirish, mahalliy xom ashyolardan respublikaning aholi zich joylashgan xududlarida mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirish;
  • zamonaviy texnologiyalarni joriy etish uchun chet-el investitsiyalarini to’g’ridan-to’g’ri jalb qilish, yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, tarmoq korxonalarini texnik qayta jixozlash va modernizatsiyalash;
  • Kompaniya korxonalariga kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va bozor munosabatlariga o’tishdagi qayta qurishda amaliy yordam berish.